O‘zbekiston 2022 yili figurali uchish bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionatini qabul qilish niyatida. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, shu maqsad yo‘lida Xalqaro konkichilar ittifoqiga rasmiy ariza topshirilgan va O‘zbekiston ayni paytda yakka da’vogar bo‘lib turibdi.

Musobaqa 2022 yilning 7−13 mart kunlari «Humo arena» muz saroyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.