Bojxonachilar tomonidan sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, Toshkent aeroporti bojxonachilari tomonidan xorijdan uchib kelgan fuqaro F.Z. ning bagaji belgilangan tartibda xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, uning yuklari va kiyimlari orasida yashirilgan, bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan umumiy narxi 109 million so‘mga teng bo‘lgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari borligi aniqlangan.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.