Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Bahriddin Tavasharovich Berdiyarovga Bank-moliya akademiyasi rektori vazifasini bajarish ham yuklandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Eslatib o‘tamiz, B. Berdiyarov ayni vaqtda mazkur akademiyaning Moliyaviy-iqtisodiy ishlar bo‘yicha prorektori lavozimida faoliyat yuritmoqda.