2019 yil 11 iyun kuni Vazirlar Mahkamasining «Andijon-farm» erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

«Andijon-farm» erkin iqtisodiy zonasi boshqaruv xodimlari soni 5 nafar, davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etildi.

Qaror bilan:

EIZ tarkibiga kiruvchi hududlar;

«Andijon-farm» erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi" DUK tuzilmasi;

«Andijon-farm» erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi" DUK ustavi tasdiqlandi.

Ustavga ko‘ra EIZni rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarining bajarilishini ta’minlash, shuningdek EIZ qatnashchilariga xizmat ko‘rsatishdan hamda Ustavda nazarda tutilgan boshqa ishlarni bajarishdan foyda olish direksiya faoliyatining asosiy maqsadi hisoblanadi.