Toshkent IIBB poytaxtliklarga ko‘p qavatli uylar hovlilariga avtomobillarning kirishi va qo‘yilishini taqiqlash bo‘yicha savol bilan murojaat qildi.

Eslatib o‘tamiz, 4 iyun kuni poytaxtning Yunusobod tumanida ko‘p qavatli uylardan birining hovlisida mashina uch o‘smirni urib yuborishi oqibatida ulardan vafot etdi.

Ovoz berishda IIBBning Telegram`dagi kanali yoki Facebook-sahifasida ishtirok etish mumkin. Boshqarma matbuot xizmatining qayd etishicha, mazkur ovoz berish huquqiy kuchga ega emas, biroq uning natijalari nafaqat yo‘llarda, balki ko‘p qavatli uylar hovlilari, mahallalar va mavze ichidagi ko‘chalarda yo‘l xavfsizligi choralarini oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish uchun zarur.

«Harakat vositasini sotib olar ekan, hamma ham oldindan uni qayerda saqlash haqida o‘ylayvermaydi. Xususiy uyda yashovchilar uchun muammo dolzarb emas. Ko‘p qavatli uylarda yashovchilar esa shaxsiy harakat vositasi haqida davlat qayg‘urishga majbur deb hisoblaydilar. Buni xato fikr, deb hisoblaymiz», — deyiladi IIBB xabarida.

Boshqarma avtomobillarni qayerda qoldirishni avvaldan o‘ylashni taklif etmoqda, chunki har bir ko‘p qavatli uyning oldida avtoturargoh qurishning imkoni yo‘q. Bitta ko‘p qavatli uy avtoturargohini qurish davlat byudjetiga 3 mlrd so‘m va undan ziyodroqqa tushmoqda, deya qayd etdi matbuot xizmati. Bundan tashqari, yana bir masala paydo bo‘ladi: ularni qayerga qurish kerak ko‘p qavatli uylarning hovlilarigami?

Xorijiy mamlakatlarda, deyiladi xabarda, odamlar uy yoki idoragacha mashinasida borish masalasiga xotirjam munosabatda bo‘lib, avtomobilini turargohda qoldiradi va o‘sha yerdan manziligacha piyoda yoki jamoat transportida yetib boradi.

Boshqarma matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda ushbu mavzudagi ko‘plab izohlar o‘rganilganini xabar qildi. shahar aholisi hovlilarda mashinalar qoldirib ketilishi oqibatida nafaqat dam olish va bolalarning xavfsiz o‘ylashlari uchun joy qolmayotgani, balki piyodalar harakatiga ham to‘sqinlik qilayotganidan shikoyat qilmoqda. Bundan tashqari, ko‘p hollarda avtomobillar pod’ezdlar oldidagi tor yo‘laklarni yopib, tezkor xizmatlar mashinalarining o‘tishini chegaralab qo‘ymoqda.

«Tez tibbiy yordam xodimlari, o‘t o‘chiruvchilar, maxsus gaz avariya xizmatlari mutaxassislari avtomobil sohibini topgunlariga qadar, qimmatli vaqt yo‘qotilmoqda, odamlar o‘lishi ham mumkin», — deya qayd etdi IIBB.