Olga Zabelinskaya Italiyada bo‘lib o‘tgan Six Days of Rose International xalqaro velopoygada oltin medalni qo‘lga kiritdi. Velopoyga 6−11 iyun kunlari Forensuola-d'Ardada bo‘lib o‘tdi, deya xabar qildi O‘zbekiston Velosport federatsiyasi matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.Olga Zabelinskaya 50 kishilik poyga guruhida ukrainalik sportchi Olga Biryukova (kumush) hamda to‘rt karra olimpiya chempioni va sakkiz karra jahon chempioni buyuk britaniyalik Laura Kennidan (bronza) o‘zib ketdi.

Musobaqadagi g‘alaba o‘zbekistonlik sportchiga Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlari-2020 hisobiga 200 ball taqdim etadi.