Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazida 4 yo‘nalish: fizika-kimyo, geologiya, biofizika, biotexnologiya bo‘yicha Yozgi maktabga ariza qabuli boshlandi, deya xabar qildi vazirlik matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.

Mazkur maktab bakalavriat va magistratura yo‘nalishlarining iqtidorli talabalari uchun tashkil etilgan bo‘lib, ularni tadqiqotchilik ishiga jalb qilishga qaratilgan. Yozgi maktabda ishtirok etish bepul. Ishtirokchilar tanlov asosida saralab olinadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilgi Yozgi maktabda respublika OTMlari, jumladan O‘zMU, TDTU, TFI, TTAning 53 nafar talabasi ishtirok etadi.

Yozgi maktabda ishtirok etish uchun uch tildan birida elektron arizani to‘ldirib (o‘zbek, rus, ingliz) qo‘yidagi link bo‘yicha yuborish lozim.: https://forms.gle/1vz2Q7THghDFmbET6. Ariza topshirish uchun oxirgi muddat: 19 iyun kuni. 20 va 21 iyun kunlari suhbat o‘tkazilib, 22-sanada natijalar e’lon qilinadi.

Yozgi maktab 24 iyundan 5 iyulgacha o‘tkaziladi. Amaliyotdan muvvafaqiyatli o‘tgan talabalarga sertifikatlar topshiriladi.