Kecha Moskva shahrida boks kechasi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashev prof ringdagi 17-jangini rossiyalik Maksim Churbanovga qarshi o‘tkazib, bahsning uchinchi raundida raqibini nokautga uchratdi. Bu haqda Olamsport.com xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, aslida Ergashev bugun Puerto-Riko vakili Danielito Zorrillaga qarshi jang o‘tkazishi kerak edi. Zorrilla prof boksda 11 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan (9 ta nokaut)di. Lekin betob bo‘lib qolganligi bois Zorilla Moskvaga yetib kela olmadi.

Shohjahonning bugungi raqibi rossiyalik 32 yoshli Maksim Churbanov faoliyati davomida jami 14 ta jang o‘tkazgan. Hisobida 8 g‘alaba, 4 mag‘lubiyat va bir durang bor edi. Bugun u beshinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.