Joriy yilning 8 iyundan 9 iyunga o‘tar kechasi, taxminan soat 00.45 larda Samarqand shahrining Sartepa maskanidagi 9 qavatli uyning 1-qavatida portlash sodir bo‘ldi, jarohat olganlar yo‘q. Bu haqda Zarnews.uz xabar berdi.

Ushbu ko‘p qavatli uy 24-sonli maktabning yaqinida joylashgan bo‘lib, mahalliy aholi tomonidan «Titanik» deb ataladi.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, voqea sodir bo‘lgan paytda xonadonda hech kim bo‘lmagan. Hozirgi vaqtda uy egasi oilasi bilan chet elda. Vaqti-vaqti bilan opasi kelib uydan xabar olib turgan.

Zarnews.uz saytiga xabar berishlaricha, yong‘in xavfsizligi xodimlari tomonidan yong‘in tezda bartaraf etilgan.

Ayni paytda yong‘inning kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.