Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi qarori bilan Bolalarni davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

2019/2020 o‘quv yilidan boshlab bolalarni umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish jarayoni Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlar portali orqali bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Qabul 2019/2020 o‘quv yillari uchun 20 iyundan, kelgusi o‘quv yillari uchun 15 iyundan boshlanadi va 31 avgustga qadar davom etadi.

Qaror bilan shuningdek, 2019/2020 o‘quv yillari uchun qabul jarayoni Davlat xizmatlari markazlari yoki portal orqali amalga oshiriladigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari ro‘yxati tasdiqlandi.

2019/2020 o‘quv yilidan boshlab bolalarni umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish jarayoni Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlar portali orqali amalga oshiriladigan ta’lim muassasalari ro‘yxati:

Bektemir tumanidagi 289,290, 291,293-son maktablari;

Mirobod tumani 31,60, 94, 110, 125, 263-son maktablari;

Mirzo Ulug‘bek tumani 35, 50, 64, 71, 187, 210, 279-son maktablari;

Olmazor tumani 159, 191, 233, 242, 243, 249, 298-son maktablari;

Sergeli tumani 6,7,300-son maktablari;

Uchtepa tumani 38, 44, 74, 75, 107, 228, 238-son maktablari;

Chilonzor tumani 101, 103, 164, 168, 178, 184, 195, 217, 280-son maktablari;

Shayxontohur tumani 19, 34, 42, 59, 169, 180, 314-son maktablari;

Yunusobod tumani 5, 17, 43, 51, 86, 97, 98, 235, 246, 257, 260, 272, 302, 313-son maktablari;

Yakkasaroy tumani 89, 91, 144, 160-son maktablari;

Yashnobod tumani 61, 145, 151, 152, 166, 282, 307-son maktablari.

Shuningdek:

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi profilli mehnat ta’limiga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi, Astronomiya, fizika, matematika, informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi, Filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi;

Uchtepa tumanidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi;

Yunusobod tumanidagi tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi;

Olmazor tumanidagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi.