Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida joriy yil 7 iyun kuni soat 05.53 larda Sarancha elati Amudaryo MFY hududida joylashgan dala maydonida Nukus shahrida yashovchi Yu.B.ga tegishli 1500 dona press somonlar g‘aramida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Yong‘in o‘chirilgach dala maydonning 70 kv.m maydonida 500 dona press somonlar to‘liq yonib zarar ko‘rganligi aniqlangan.

Yong‘in o‘chirilganidan so‘ng u yerda Nukus shahar Sarancha elati Amudaryo mahallasida yashagan 57 yoshli G. T.ismli ayolning kuygan holdagi jasadi topilgan. Yong‘in kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.