O‘zbekistonlik aralash qoidalar jangchisi Mahmud Murodov Slovakiyaning Bratislava shahrida bo‘lib o‘tgan Octagon 12 turnirida braziliyalik Uda Pereyrani mag‘lubiyatga uchratdi. Bu haqda Olamsport.com xabar berdi.

Murodov jangning birinchi raundidayoq overxend zarbasini yo‘llagan holda raqibini nokautga uchratgan holda, bahsni muddatidan oldin yakunladi.

Eslatib o‘tamiz, bu Mahmud Murodovning MMAdagi 21-g‘alabasi bo‘ldi. Pereyra faoliyatidagi to‘rtinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Uning hisobida 13 ta g‘alaba bor.