Professional boksda faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik Isroil Madrimov bugun o‘zining uchinchi jangini o‘tkazdi. AQSHdagi mashhur «Medison Skver Garden» arenasida tashkil etilgan boks oqshomida hamyurtimizga meksikalik Norberto Gonsales raqiblik qildi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

10 raundga mo‘ljallangan jang oxirigacha yetib bormadi. Bahsning 6-raundi o‘tib borayotgan payt Madrimov o‘zining ajoyib seriyalari bilan raqibini karaxt vaziyatga soldi va referi jangni to‘xtatdi. Bu Isroil uchun uchinchi jang edi va u mazkur janglarning barchasini muddatidan avval g‘alaba bilan yakunlamoqda.

Hamyurtimizning kelgusi faoliyatida ham mana shunday yorqin g‘alabalar tilab qolamiz.