Kecha «Milliy» stadionda O‘zbekiston va KXDR terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini yakuniga yetdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv O‘zbekiston MTJning 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Gollarga Odil Ahmedov, Temurxo‘ja Abduxoliqov, Igor Sergeyev, Doston Tursunov mualliflik qildi.

Endi 11 iyun kuni O‘zbekiston MTJ Suriyaga qarshi bahs olib boradi.

O‘zbekiston — KXDR 4:0

Gollar: Odil Ahmedov (28 pen.), Temurxo‘ja Abduxoliqov (65), Igor Sergeyev (68), Doston Tursunov (90+2).

O‘zbekiston: 12.Sanjar Quvvatov, 2.Hojiakbar Alijonov (6.Davronbek Hoshimov, 46), 3.Doston Tursunov, 4.Akrom Komilov, 5.Anzur Ismoilov, 7.Odiljon Hamrobekov, 8.Ikrom Aliboyev (19.Oston O‘runov, 66), 9.Odil Ahmedov (21.Sardor Mirzayev, 84), 10.Jaloliddin Masharipov (17.Quvondiq Ro‘ziyev, 84), 11.Temurxo‘ja Abduxoliqov (15.Igor Sergeyev, 66), 22.Doston Ibragimov (23.Xurshid G‘iyosov, 74)

KXDR: 18.Sin Xyok, 3.Jang Kuk Chol, 6.Ri Tong Il, 7.Choye Ju Song, 8.Xan Tae Xyok, 9.Kim Yong Il, 13.Sim Xyon Jin (14.Xong Jin Song, 62), 15.Ri Un Chol, 17.Ri Chang Xo, 19.Rim Kvang Xyok (12.Song Jong Xyok, 80), 23.Ri Yong Chol

Ogohlantirishlar: Ri Chang Xo 26, Choye Ju Song 41, Ri Un Chol 45.