7 iyun kuni taxminan 22:10 da Toshkent kichik halqa avtomobil yo‘lining Mirzo Ulug‘bek tumanidan o‘tgan qismida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida ikki kishi halok bo‘ldi.

Poytaxt IIBBning xabar qilishicha, piyodalar o‘tish yo‘lidan 25 metr masofada yo‘lni kesib o‘tayotgan 22 yoshli G. I.ni urib yuborgan 41 yoshli X. X. boshqaruvidagi Lacetti avtomobili so‘ngra Cobalt avtomobili (haydovchi — 49 yoshli Yu.A.) bilan to‘qnashadi.

Mashina urib yuborishi natijasida piyoda 39 yoshli K. D. boshqarib kelayotgan Shacman yuk mashinasi ostida qolib ketdi. G. I. va Lacetti avtomobilining 38 yoshli yo‘lovchisi O. M. hodisa joyida vafot etdi. 23 yoshli Cobalt yo‘lovchisi Yu. A. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi. Ambulator tibbiy yordam ko‘rsatilgan Lacetti haydovchisiga shifoxonadan chiqishga ruxsat berildi.

YTHga piyodaning yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tgani sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Lacetti haydovchisining aybdorlik darajasi tergov jarayonida aniqlanadi.