GM Uzbekistan uchta arzon avtomobil modeli — ikkita sedan va bir krossoverni ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda, deya xabar qildi «Gazeta.uz"ning avtomobilsozlik sohasidagi axborot manbasi.

Ularning Shevrolet Onix sedani va yangi avlod Tracker krossoveri bo‘lishi kutilmoqda. Uchinchi model borasida General Motors bilan muzokaralar olib borilmoqda.

«U hali dunyoga taqdim etilmagan yangi avtomobil bo‘ladi», — dedi axborot manbasi.

Chevrolet Tracker.

Joriy yil yozida Xitoy bozorida yangi arzon Shevrolet Onix sedani va Tracker krossoverining premerasini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Avvalroq GM Uzbekistan narxi 10 va 15 ming dollar bo‘lgan arzon avtomobillarni ishlab chiqarish ustida ish olib borayotgani xabar qilingan edi.

Bundan tashqari, kompaniya premium sinfiga oid uchta — Chevrolet Trailblazer, Equinox va Traverse modellarini o‘zlashtirishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, kompaniya yangi arzon avtomobillarni ishlab chiqarish uchun 500 mln dollar, GM Powertrain Uzbekistan avtomobil dvigatellari zavodini modernizatsiya qilish uchun 250 mln dollarlik modernizatsiya ishlarini olib borishni rejalashtirmoqda. «Gazeta.uz» axborot manbasining xabar berishicha, ushbu mablag‘larning katta qismi arzon modellarni o‘zlashtirish uchun zarur.