Ayni kunlarda Xitoyning Szyan Szin va Szyulunpo shaharlarida yengil atletika bo‘yicha Osiyo Gran-pri turniri bo‘lib o‘tmoqda. Ayni paytga kelib, musobaqaning birinchi bosqich bellashuvlari yakunlandi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berildi.

Quvonarlisi, ushbu musobaqada ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik uch ishtirokchidan 2 nafari bosqichni medal bilan yakunlashdi.

Balandlikka sakrash bahsida Nadiya Dusanova 1.89 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Ruslan Qurbonov uch xatlab sakrash sektorida shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarildi.

100 metrga yugurish bellashuvida esa Nigina Sharipova to‘rtinchi natijani qayd etgan. Reglamentga ko‘ra, 7 iyun kuni Gran-prining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Batafsil:

Balandlikka sakrash, ayollar

1. Nadiya Dusanova — 1.89 metr

2. Nadejda Dubovitskaya (Qozog‘iston) — 1.86

3. Van Suyeyi (Xitoy) — 1.83

Uch xatlab sakrash, erkaklar

1. Fan Yaotsin (Xitoy) — 17.17 metr

2. Su Chialon (Xitoy) — 16.72

3. Ruslan Qurbonov — 16.33

100 metr, ayollar.

1. Olga Safronova (Qozog‘iston) — 11.54 sekund

2. Kristina Knott (Filippin) — 11.62

3. Le Tu Chinx (Vetnam) — 11.71

4. Nigina Sharipova — 11.79.