Rio olimpiadasi va jahon chemionatining kumush medali sohibi, o‘zbekistonlik Bektemir Meliqo‘ziyev 13 iyun kuni professional boksda o‘zining birinchi jangini o‘tkazadi. Ayni paytga kelib, uning debyutdagi raqibi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, Meliqo‘ziyev argentinalik Martin Fidel Riosga qarshi bahs olib boradi. Bo‘lajak jang Kaliforniyadagi «The Avalon» arenasida o‘tkazilib, u 6 raundga mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, Martin Fidel Rios 27 yoshda va shu paytgacha 46 ta jang o‘tkazgan. Argentinalik bokschi shularning 23 tasida g‘alaba qozongan bo‘lib, 19 bor mag‘lubiyatga uchragan. Shuningdek, yana 4 bor durang natija qayd etgan. Rios mag‘lubiyatlaridan birini 2017 yilning 25 mart kunida boshqa bir o‘zbekistonlik Azizbek Abdug‘ofurovdan qabul qilib olgan.