“Bi-Bi-Si” teleradiokompaniyasi (BBC, Buyuk Britaniya) muxbiri Avazbek Tohirov 4-iyun kuni O‘Zbekiston Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Bu haqdagi xabar TIV saytida e’lon qilindi. “Bi-Bi-Si"ning Toshkentdagi byurosi 2005-yilda yopilgan edi.

Qonunchilikka muvofiq, xorijiy davlatlar OAVlari vakolatxonalari va vakillari O‘zbekistonda TIVda akkreditatsiyadan o‘tkazilgandan keyingina faoliyat ko‘rsatishi mumkin.

Ayni vaqtda mamlakatda xorij OAVlarining 49 nafar jurnalisti akkreditatsiyadan o‘tkazilgan.