1 iyun kuni Portugaliyaning Leyriya provinsiyasida pichoq bilan yetkazilgan jarohat natijasida O‘zbekiston fuqarosi Ikrom Islomovich Negmatov vafot etgan, deya xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Hozirgi paytda huquqni muhofaza qilish organlari tergov tadbirlarini olib bormoqda va marhumning qarindoshlari O‘zbekiston fuqarosining jasadini Samarqand shahrida dafn etish maqsadida jo‘natish uchun hujjatlarni tayyorlamoqda.

O‘zbekistonning Madriddagi elchixonasi vaziyatni nazoratga olgan va zarurat tug‘ilganda konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatadi, deyiladi xabarda.

Ispaniya va Portugaliyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarurat tug‘ilgan holatlarda Madrid shahridagi elchixonaga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +34−91−310−16−39.