O‘zbekiston hukumati 31-maydagi qarori bilan 1-iyundan tabiiy gaz, suyultirilgan gaz va elektr energiyasi tariflarini oshirish to‘g‘risidagi qarorni bekor qildi. Tariflarni oshirish Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-noyabrdagi qarorida rejalashtirilgan edi.

Qaror yoqilg‘i-energetika resurslarini sotish va ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha bozor mexanizmlariga o‘tishning iste’molchilarga ta’sirini yengillashtirishga qaratilgan.

Moliya va energetika vazirliklariga bir oy muddatda amaldagi tariflarni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi va elektr energiyasi sohasidagi tashkilotlar rentabelligini ta’minlovchi asoslangan takliflarni tayyorlash topshirildi.