Hukumat qarori bilan Xatamjon Abduraxmonovich Ketmonov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi, deya xabar qildi O‘zbekiston Adliya vazirligi o‘zining Telegram-kanalida.

Shanba kuni Xotamjon Ketmonov O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari lavozimlarini tark etdi. Uning o‘rniga sobiq xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov tayinlandi.

Xotamjon Ketmonov (1969 y. t.) — Andijon davlat pedagogika institutini rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi mutaxassisligini tamomlagan. U 2013 yilda XDP raisi bo‘lgan. 2014 yilda Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan. 2015 yil yanvardan XDP fraknsiyasi rahbari va Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari bo‘lgan.