3 iyun kuni soat 00:15 da Qarag‘andada 16 nafar O‘zbekiston fuqarosi maishiy gazdan zaharlandi. Bu haqda TIV matbuot xizmati O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasiga tayanib xabar qildi.

Jabrlanuvchilar Qarag‘anda viloyati tibbiyot markazi toksikologiya bo‘limiga joylashtirilgan. Shifoxona tomonidan og‘zaki berilgan ma’lumotga binoan quyidagi O‘zbekiston fuqarolari zaharlangan:

  • Xusanov Sardor (20.07.2001 y.t.);
  • Djurayev Valentin (15.04.1998 y.t.);
  • Xusanov Sharip (08.02.1973 y.t.);
  • Tochkanov Alisher (17.10.1996 y.t.);
  • Ne’matov Baxadur (30.03.1992 y.t.);
  • Elbayev Odil (12.04.1986 y.t.);
  • Yelbayev Farux 02.02.1992 y.t.);
  • Tochkanov Shaxzod (10.03.1999 y.t.);
  • Tochkanov Dastan (24.10.1995 y.t.);
  • Tochkanov Aybek (15.02.1996 y.t.);
  • Iskandarov Obid Salloxodinovich (01.08.1995 y.t.);
  • Samiyev Azbek (01.01.1998 y.t.);
  • Xusanov Egamberdi (25.01.1976 y.t.);
  • Maurutov Izzat (01.01.1991 y.t.);
  • Xusanov Niyaz (01.01.1990 y.t.);
  • Xusanov Kobonuyet (18.04.1982 y.t.).

Qozog‘iston vakolatli organlarining dastlabki taxminlariga ko‘ra, mazkur hodisa O‘zbekiston fuqarolari ta’mirlash ishlarini bajargan yangi qurilayotgan uyda benzin agregatidan is gazi chiqishi oqibatida sodir bo‘lgan.

Jabrlanuvchilar «maishiy gaz, jumladan is gazidan ingalyatsion zaharlanishning o‘rtacha og‘irlik darajasi. Toksikogipoksik entsefalopatiya» tashxisi bilan kasalxonaga joylashtirilgan.

E.Xusanov, I.Maurutov, N.Xusanov va K.Xusanovga sog‘lig‘ining baqarar holatda ekan munosabati bilan ruxsat berilgan.

Qarag‘anda shahri huquq-tartibot organlari tomonidan mazkur favqulodda holatning sabab va oqibatlarini aniqlash maqsadida surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Elchixona tomonidan mazkur masala nazoratga olingan va murojaat uchun maxsus telefon raqami ochilgan: +77772182020.