Ijtimoiy tarmoqlarda patrul-post xizmati xodimi fuqaroning Yo‘l harakati qoidalarida belgilanganidek patrul avtomobili chiroqlarini nima uchun yoqmagani to‘g‘risidagi savoliga qo‘pol tarzda javob qaytargani tasvirlangan video tarqaldi.

Toshkent IIBB matbuot xizmati xodimga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangani, uning yakunlari bo‘yicha javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinishi to‘g‘risida xabar berdi.

Videoyozuvda PPX xodimi u chiroqlarni yoqib yurishga majbur emasligini aytib, yo‘lovchisi uni tasvirga olayotgan avtomobil haydovchisidan to‘xtashni talab qiladi.

Mashina to‘xtaganidan so‘ng xodim haydovchiga: «Sening nima ishing bor? GAI xodimimisan?» Qonunni nazorat qilish senga emas. Nazorat qiladigan organlar bor, tushundingmi?" — deydi. Shundan so‘ng ular qo‘l siqishib xayrlashadi, PPX xodimiga omon bo‘lishni tilab qoladi.