«Liverpul» futbol klubi Chepionlar ligasi finalida «Tottenxem» ustidan g‘alaba qozonib, musobaqa chempioniga aylandi. Madriddagi «Metropolitano» stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yin 2:0 hisobida yakunlandi.

Hisob uchrashuvning 2-daqiqasida ochildi. Hakam to‘p Mussa Sissokoning qo‘liga tekkani uchun «Tottenxem» darvozasiga penalti belgiladi. Hujumchi Muhammad Saloh 11 metrlik jarima to‘pini muvaffaqiyatli amalga oshirdi.

87-daqiqada zaxiradan o‘yinga tushirilgan Divoka Origi sa’y-harakatlari bilan o‘rtadagi hisob yiriklashdi.

Bu Chempionlar ligasida ikkinchi bor Angliya jamoalarining finaldagi uchrashuvidir. 2008 yilning 21 mayida «Manchester Yunayted» va «Chelsi» «Lujnikov» maydonida Chempionlar kubogi uchun bellashgan edi. Unda asosiy o‘yin 1:1 hisobida yakunlarib, «Manchester Yunayted» penaltilar seriyasida 6:5 hisobida ustunlikka erishgandi.

«Liverpul» oltinchi marta klub tarixida Yevropa futbolining bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.

Video

Foto