Xotamjon Ketmonov O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari lavozimlarini tark etdi. Bu haqda partiya matbuot xizmati xabar qildi.

Xotamjon Ketmonov (1969 y. t.) — Andijon davlat pedagogika institutini rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi mutaxassisligini tamomlagan. U 2013 yilda XDP raisi bo‘lgan. 2014 yilda Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan. 2015 yil yanvardan XDP fraknsiyasi rahbari va Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari bo‘lgan.

2016 yilda O‘zbekiston prezidentligiga nomzodlardan biri edi.

Ulug‘bek Inoyatov.

1 iyun kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari plenumda 2018 yil iyunidan Namangan davlat universiteti rektori, ungacha — 2013−2018 yillarda xalq ta’limi vaziri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan Ulug‘bek Ilyosovich Inoyatov partiyaning yangi yetakchiligiga saylandi.

May oyida O‘zbekistondagi boshqa partiya — «Milliy tiklanish» yetakchisi ham o‘zgargan edi. Sarvar Otamurodov o‘rniga Alisher Qodirov rais lavozimini egalladi.

Dekabrda Qonunchilik palatasi va mahalliy xalq deputatlari kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi.