O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 25 maydagi qarori bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filiali tashkil etildi, deya xabar qildi Adliya vazirligi Telegram-kanalida.

Filialning asosiy vazifasi Germaniya va boshqa rivojlangan davlatlar bilan hamkorlikda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash hisoblanadi:

  • «Raqamli iqtisodiyot»;
  • «Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti»;
  • «Oziq-ovqat va resurslar iqtisodiyoti»;
  • «Agrobiznes va marketing»;
  • «Buxgalteriya hisobi va audit».

Filialga qabul 2019/2020 o‘quv yilidan boshlanadi.