Jinoyat ishlari bo‘yicha Romitan tuman sudining ochiq sud majlisida, sudlanuvchi M.H.ga nisbatan jinoyat ishi ko‘rilib, unga nisbatan tegishli hukm va jazo tayinlandi.

Ish holatiga ko‘ra sudlanuvchi M.H. qasddan jinoyat sodir etish yo‘liga o‘tib, tarkibida psixiatrop moddalar bo‘lgan ko‘p miqdordagi «Nalbufin gidroxlorid, Rubufin» psixotrop moddasini o‘tkazish jinoyatini sodir qilgan.

U 2019 yil 26 fevral kuni soat 11:00 larda qasddan jinoyat sodir etish yo‘liga o‘tib, Buxoro tuman IIB JQB xodimlari tomonidan nazorat tariqasida giyohvandlik vositalari sotib olish maqsadida yuborilgan Buxoro shahar Alpomish ko‘chasi 13/8-uy 28-xonada yashovchi fuqaro Q.B.ga Buxoro tumani Shergiron MFY «Chorbakr» qishlog‘ida joylashgan oshxonada jami 3 880 000 so‘m evaziga tarkibida psixotrop moddalari bo‘lgan umumiy og‘irligi 0.28 grammga teng bo‘lgan jami 28 ta ampula ko‘rinishidagi «Nalbufin gidroxlorid, Rubufin» giyohvandlik vositasini qonunga xilof o‘tkazganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Sud majlisida sudlanuvchi M.H.ga jazo tayinlash masalasini muxokama qilib, u tomonidan sodir qilingan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, uning shaxsini, ijtimoiy ahvoli va oilaviy sharoitini, yoshligini, muqaddam sudlanmaganligini, otasi 2-guruh nogironi ekanligini, oilada yagona boquvchiligini, yashash joyidan ijobiy tavsiflanishini, aybiga to‘liq iqrorligini, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymondaligini, jinoyat sodir etish vaqtida ko‘zlagan motiv va maqsad, ayb shakli va darajasini, jinoyat sodir etish paytidagi va sodir etilganidan keyingi xulq-atvorini, jinoyatni sodir etish sabablari va bunga olib kelgan shart-sharoitni, uning bir necha yildan buyon ishlab kelayotganligini, jazoni og‘irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi boshqa holatlarni inobatga olib, M.H.ga O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi bilan JKning 57-moddasini qo‘llab, 3 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.