Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 28 may kunidagi qarori bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filiali tashkil etildi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Filialning asosiy vazifasi Germaniya va boshqa rivojlangan davlatlar bilan hamkorlikda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash hisoblanadi:

«Raqamli iqtisodiyot»;

«Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti»;

«Oziq-ovqat va resurslar iqtisodiyoti»;

«Agrobiznes va marketing»;

«Buxgalteriya hisobi va audit».

Filialga qabul 2019/2020 o‘quv yilidan boshlanadi.