2019 yil 29 may kuni «Namangan viloyatining Namangan shahrida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Qaror bilan Namangan shahar A. Xo‘jayev ko‘chasi, 38-uy manzilida joylashgan bino va inshootlar Namangan viloyati hokimligiga bepul berildi.

Mazkur bino va inshootlar negizida «IT park» majmuasi tashkil etiladi hamda unda «IT school» markazi joylashtiriladi.

Markazning asosiy faoliyat yo‘nalishi axborot texnologiyalari sohasida raqobatdosh mahsulot va xizmatlarni, innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishga sharoit yaratishdir.