O‘zbekiston Velosport federatsiyasi 2 iyun kuni Jahon velosiped kuni munosabati bilan velopoyga o‘tkazadi. Unda O‘zbekiston fuqarolari va mehmonlari ishtirok etishi mumkin, deya xabar qildi federatsiya matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.

Musobaqa ishtirokchilari 5 km masofani bosib o‘tishi kerak,start 10:00 da Humo Arena muz saroyi oldidan boshlanadi. Tadbir 12:00 ga qadar davom etadi.

Velopoyga Beshyog‘och, Furqat, Islom Karimov, Sharof Rashidov va Afrosiyob markaziy ko‘chalari orqali o‘tadi. Poyga vaqtida ushbu ko‘chalar yopiladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun 71−231−27−06 telefon raqamlariga murojaat qilish mumkin.