2022 yilda Samarqand shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammiti o‘tkazilishi, ushbu nufuzli tadbirni yuqori saviyada tashkil etish uchun keyingi uch yilda shahar hududida 6 ta yo‘l o‘tkazgich — ko‘prik quriladi. Bu haqda Zarnerws.uz xabar berdi.

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 maydagi «Samarqand shahrida 2019−2022 yillarda amalga oshiriladigan ulkan bunyodkorlik ishlari to‘g‘risida"gi qaroriga ko‘ra, Samarqand shahrida 2019−2022 yillarda barpo etiladigan ko‘prik va tonnellar, shuningdek, quriladigan, ta’mirlanadigan va rekonstruksiya qilinadigan avtomobil yo‘llarining manzilli ro‘yxati tasdiqlandi.

Natijada uch yil ichida loyiha qiymati 452,5 milliard so‘m, umumiy uzunligi 197 metr bo‘lgan Siyob kanali ustidan o‘tuvchi (37 metr),Gagarin ko‘chasida temir yo‘l ustidan o‘tuvchi (10 metr), Qozizoda Rumiy ko‘chasi bo‘ylab 4R-46 avtomobil yo‘lidan o‘tuvchi (12 metr), Oqdaryo tumanidagi sobiq Rofi Hamroyev nomli xo‘jalik hududini Samarqand shahri markazi bilan bog‘lovchi Qoradaryo ustidan o‘tuvchi (54 metr) , Ibn Xoldun ko‘chasidagi temir yul ustidan o‘tuvchi (34), Gagarin ko‘chasidan M-37 avtomobil yo‘liga chiqish uchun Siyob kanali ustidan o‘tuvchi (50 metr) ko‘priklar quriladi.

Qurilish ishlari respublika byudjeti mablag‘lari hamda «Abu-Dabi taraqqiyot jamg‘armasi» mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.