O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-may kuni Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2019-yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 5-iyun — chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarorini inobatga olib, mamlakatimizda 2019-yil 5-iyun Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlansin, deyiladi hujjatda.

Dam olish kuni 1-iyun — shanbadan 6-iyun -payshanba kuniga ko‘chirildi. Bu prezidentning noyabr oyidagi rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi farmonida ko‘zda tutilgan edi.