Mirzo Ulug‘bek tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshqa binoga ko‘chib o‘tdi, deya xabar qildi Toshkent IIBB matbuot xizmati.

30 maydan boshqarma Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi, 243-uyda (Nodirabegim mahallasi, mo‘ljal — Toshkent viloyati IIBning sobiq binosi, «Gulshan» madaniyat va istirohat bog‘i qarshisi) faoliyat olib boradi. Navbatchilik qismi telefon raqamlari: 71−267−33−50, 71−267−33−62 yoki 102.

Raqamlash tartibi o‘zgargani sababli, Mirzo-Ulug‘bek tumani «Olmachi», «Podshobog‘», «Elobod», «Buyuk Ipak Yuli», «Turon» mahallalariga xizmat ko‘rsatadigan Mirzo-Ulug‘bek tumani IIO FMB 1-ichki ishlar bo‘limi endi 6-ichki ishlar bo‘limi bo‘ldi va 30 maydan shu manzilda joylashgan: Bo‘z bozor ko‘chasi, 4 uy (mo‘ljal: Toshkent shahar IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi, Mirzo-Ulug‘bek Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi). Mirzo-Ulug‘bek tumani IIO FMB 6-ichki ishlar bo‘limi telefonlari 71−260−15−60 va 102.