Germaniya federal prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer mamlakatga rasmiy tashrifi doirasida 28 may kuni Gyote institutida madaniyat va ta’lim sohalaridagi hamkorlik loyihalari bilan tanishdi, deya xabar berdi «Gazeta.uz» muxbiri.

Uchrashuvda Germaniya prezidentining turmush o‘rtog‘i, Berlindagi Bauxaus arxivi va Dizayn muzeyi boshqaruvi a’zosi Elke Byudenbender ham ishtirok etdi.

Veymar universiteti xodimi Yens Yordan va ikki nafar o‘zbekistonlik yosh me’moriy yodgorliklar restavratori binolarni konservatsiyalash, yodgorliklarni himoya qilish bo‘yicha O‘zbekiston-Germaniya magistrlik dasturi va «Toshkent me’moriy yodgorliklari topografiyasini o‘rganish» loyihasini tanishtirdi.

Volkswagen jamg‘armasi moliyalashtirayotgan loyiha Toshkent qurilish jamg‘armasi misolida madaniyatshunoslik sohasida uslub va kompetensiyalarni yetkazib berishga bag‘ishlangan. Loyiha ishtirokchilari professor Xans-Rudolf Mayer (Veymar), professor Tomas Vill (Drezden), Yens Yordan (Veymar / Drezden) va o‘zbek olimlari kengashi boshchiligi ostida ish olib boradi.

O‘ziga xos binolar holati, ularning tarixi aks ettirilgan, inshootlarni himoya qilish uchun asoslarni va fotosuratlarni o‘z ichiga olgan maqolalar dastur asosini tashkil etadi.

Germaniya prezidentiga Eski shahar hududida saqlanib qolgan yodgorliklar to‘g‘risidagi kitobning dastlabki talqini, Toshkent arxitekturasi va tuzilishi haqidagi materiallar taqdim etildi.