2019 yil 29 may kuni Toshkent shahrining Chilonzor tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga tushgan hujjatlar to‘plamiga ko‘ra, 2018 yil 8 oktyabr kuni Sergeli tumani Sputnik 8-dahada yashovchi 50 yoshli S.A., Chilonzor tumanida yashovchi 44 yoshli N.Ya. va 47 yoshli N.M.ning jinoyatga qo‘l urgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ular 72 yoshli Ye.L. ismli ayolning 2015 yilda vafot etganligini bila turib, uning nomidagi xonadon hujjatlarini qalbakilashtirib, ushbu xonadonni Chilonzor tumanida yashovchi 34 yoshli N.U. imsli ayolga 22 500 AQSH dollariga firibgarlik yo‘li bilan sotib, pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborganliklari aniqlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, S.A., N.Ya. va N.M. ushlanganlar. Tergov harakatlari olib borilmoqda.