1 iyun «Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni"ga bag‘ishlab Toshkentda xokkey bo‘yicha «Tashkent Cup» xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tadi. 2−5 iyun kunlari o‘tkaziladigan mazkur turnir bolalar o‘rtasida o‘tkazilib, unda Latviya, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan tashrif buyuradigan jamoalar ishtirok etadi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Reglamentga ko‘ra, musobaqada «Binokor» va «Tashkent Siti» jamoalari O‘zbekiston sharafini himoya qiladi. Shuningdek, «Riga» (Latviya), «Kaysar» (Qozog‘iston) va «Alg‘a» (Qirg‘iziston) jamoalari ham bosh sovrin uchun kurash olib borishi belgilab qo‘yilgan.

Bahslarga «Humo Arena» mezbonliq qiladi va unga kirish bepul. Taqvimga ko‘ra, 2−4 iyun kunlari o‘yinlar bo‘lib o‘tsa, 5 iyun sanasida barcha ishtirokchilar uchun Toshkent bo‘ylab madaniy dasturlar ishlab chiqilgan.