Qoraqalpog‘iston Respublikasining ikki tumanida davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga yangi rahbarlar tayinlandi. Bu haqda DSQ matbuot xizmati matbuot xizmati xabar berdi.

Xalmuratov Ajiniyaz Mafurovich — Xo‘jayli tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U 1978 yilda Xo‘jayli tumanida tug‘ilgan. U 2000 yili Qoraqalpoq iqtisodiyot va ishbilarmonlik kollejini, 2009 yili Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filialini tamomlagan. Soliq sohasidagi mehnatini 2000 yili Xo‘jayli tumani davlat soliq inspeksiyasi nazorat-inspektorilik ishlari bo‘yicha davlat soliq bosh inspektori lavozimidan boshlagan. Yangi lavozimga tayinlangunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat soliq boshqarmasi Ichki audit bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Abdalov Anvar Ataxanovich — To‘rtko‘l tumani davlat soliq inspeksiyasi lavozimiga tayinlandi. U 1977-yili Ellikqal’a tumanida tug‘ilgan. 2000-yili Qoraqalpoq davlat universitetini tamomlagan. Soliq sohasidagi mehnatini 2003-yili Ellikqal’a tumani davlat soliq inspeksiyasi yuridik shaxslar to‘lovlarining byudjetga tushishini nazorat va tahlil qilish bo‘limi davlat soliq katta inspektori lavozimida ishlashdan boshlagan. Yangi lavozimga tayinlangunga qadar Ellikqal’a tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.