Prezident Shavkat Mirziyoyev 28 may kuni O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga brakonerlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni ko‘zda tutgan o‘zgartish va qo‘shimchalarni kiritish haqidagi qonunni imzoladi.

Yangilangan 90-moddaga muvofiq, Ov qilish va baliq ovlash qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish, — fuqarolarga EKIHning 5 baravaridan 10 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu moddaga xuddi shunday huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, — shu huquqbuzarlikni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga EKIHning 10 baravaridan 15 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — 15 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi kiritildi.

Ma’muriy jazo chorasi ikki marta qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, — shu huquqbuzarlikni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga EKIHning 15 baravaridan 20 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — 20 baravaridan 25 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud shu huquqbuzarlikni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, uch yilgacha muddatga ov qilish huquqidan mahrum etishga sabab bo‘ladi.

Endilikda tegishli ruxsati bo‘lmay turib yoki taqiqlangan joylarda yoxud taqiqlangan muddatlarda, taqiqlangan qurollar yoki vositalar bilan ov qilish yoki baliq ovlash, — shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga EKIHning 15 baravaridan 20 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — 20 baravaridan 25 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, uch yilgacha muddatga ov qilish huquqidan mahrum etishga sabab bo‘ladi

MJTK ov qilish va baliq ovlashning taqiqlangan qurollarini yoki vositalarini tayyorlash, olib kirish, saqlash, tashish yoki yuborish, olish yoxud sotish huquqbuzarliklarini sodir etganlik uchun choralarni ko‘zda tutgan 90−1-modda bilan to‘ldirildi. Unga ko‘ra, mazkur modda talablarining buzilishi huquqbuzarlik quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga EKIHning 3 baravaridan 5 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — 7 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, — huquqbuzarlik quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga EKIHning 7 baravaridan 10 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa -10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

MJTKning 63-moddaсиdagи huquqbuzarlik vositalari ro‘yxati kengaytirildi — g‘ayriqonuniy baliq ovlash mahsuloti, yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni yig‘ish va tayyorlash mahsuloti ham ushbu ro‘yxatdan o‘rin oldi. Shunday qilib, g‘ayriqonuniy ov, baliq ovlash mahsulotini, yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni yig‘ish va tayyorlash mahsulotini tayyorlash yoki qayta ishlash tashkilotining, savdo yoxud umumiy ovqatlanish tashkilotining mansabdor shaxsi tomonidan qabul qilib olish, — EKIHning 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — EKIHning 15 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Qonun bilan Jinoyat kodeksining 202-moddaсиga ham tuzatishlar kiritildi. Endilikda ov qilish va baliq ovlash yoki hayvonot dunyosining boshqa turlarini tutish qoidalarini buzish, kamyob va yo‘qolib borayotgan hayvon turlarini tutishning yoxud yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning dorivor, ozuqaviy va manzarali (dekorativ) turlarini yig‘ish yoki tayyorlashning belgilangan tartibini yoki shartlarini, xuddi shuningdek muhofaza etiladigan tabiiy hududlardagi hayvonot yoki o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish ancha miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa, — EKIHning 100 baravaridan 200 baravarigacha miqdorda jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

O‘sha qilmishlar:

a) ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda;

b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —

eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan to‘rt yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha qilmishlar:

a) xavfli retsidivist tomonidan;

b) shaxsning o‘z xizmat mavqeidan foydalanib;

v) yerda, suvda yoki havoda ishlatiladigan mexanizatsiyalashtirilgan vositalardan foydalanib;

g) taqiqlangan qurollarni yoki vositalarni qo‘llagan holda;

d) uyushgan guruh tomonidan;

ye) juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda;

j) O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan hayvonot yoki o‘simlik dunyosi turlarini nobud qilgan holda sodir etilgan bo‘lsa, —

eng kam oylik ish haqining to‘rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Yetkazilgan moddiy zararning o‘rni uch karra miqdorda, O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib borayotgan hayvonot hamda o‘simlik dunyosi turlariga nisbatan yetkazilgan zararning o‘rni esa besh karra miqdorda qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.