Amerika kinematografiya san’ati va fani akademiyasi O‘zbekiston Oskar qo‘mitasini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Endilikda mahalliy kinematograflar o‘z filmlarini «Oskar» mukofotiga taqdim etishlari mumkin, deya xabar qildi O‘zbekiston Milliy kinokomissiyasi matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.

Qo‘mita Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etildi, Milliy kinokomissiya muvofiqlashtiruvchi markaz hisoblanadi. Yaqin vaqtlarda koordinatorlar qo‘mita a’zolarini tanishtirib, mukofotga filmlarni taqdim etish va saralash tizimi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadi.

1 oktyabr kuni O‘zbekiston «Oskar» qo‘mitasi tomonidan 2020 yilning 9 fevral kuni Los-Anjeles shahrining mashhur Dolby teatrida bo‘lib o‘tadigan 92-«Oskar» taqdirlash marosimining «Eng yaxshi xalqaro badiiy film» nominatsiyasiga O‘zbekiston nomidan film ilgari suriladi.

Oskar qo‘mitasi dunyoning qariyb 90 mamlakatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.