O‘zbekistonlik professional bokschi Isroil Madrimovning 8 iyun kungi jangini kimga qarshi o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, Isroil o‘sha kuni meksikalik Norberto Gonsalesga qarshi ringga ko‘tariladi. Bu haqda Olamsport xabar berdi.

Ma’lumot uchun, Norberto shu kungacha prof boksda 35 ta jang o‘tkazib, ularning 23 tasida g‘alaba qozongan (13 ta nokaut). 12 marotaba mag‘lub bo‘lgan (2 ta nokaut). Isroil Madrimov esa prof ringda ikki marotaba jang o‘tkazib, ularning har ikkisida ham raqiblarini nokaut evaziga mag‘lub etgan.

Eslatib o‘tamiz, jang 8 iyun (Toshkentda 9 iyun tongida) Nyu-York shahridagi mashhur «Medison Skver-Garden"da o‘tkaziladi. Jang oqshomining markaziy to‘qnashuvi qozog‘istonlik Gennadiy Golovkin ishtirokida bo‘lib o‘tadi.