O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Germaniya Federativ Respublikasi federal prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer 29 may kuni Xorazm viloyatiga keldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Oliy martabali mehmonni Urganch xalqaro aeroportida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri A.Komilov, Xorazm viloyati hokimi F.Ermanov kutib oldi.

Federal prezident Urganch davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashib, Xiva shahridagi madaniy-me’moriy obidalar bilan tanishadi.