Murakkab operatsiyalarni muvaffaqiyatli bajarib kelayotgan «EZGU NIYAT» klinikasi yevropalik yetakchi kardiojarrohlar safini kengaytirdi. Endi nafaqat kattalar, balki bolalarda ham yurak jarrohlik amaliyotlari doimiy ravishda bajariladi.

Yevropa standartlari asosida barpo etilib, zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan «EZGU NIYAT» ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida xorijda ishlab kelgan mahalliy mutaxassislardan tashqari, yevropalik yetakchi kardiojarrohlar ham faoliyat yuritmoqda. «Yevroosiyo yuragi» Fondi rahbari, shveysariyalik mashhur kardiojarroh, professor Paul Fogt va rossiyalik kardiojarroh, professor Sergey Pavlovich Marchenko shular jumlasidandir. Yurtimizning yetakchi kardiojarrohlari safi yana kengaymoqda — joriy yilning iyun oyidan yana bir mutaxassis, Daniyada bir necha yillar davomida ishlab kelayotgan o‘zbekistonlik yetakchi kardiojarroh Ahmad Rustamovich Irmuhammedov ham o‘z faoliyatini boshlamoqda.


Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, chaqaloqlarning 1 foizi tug‘ma yurak nuqsonlari bilan dunyoga kelar ekan. Bunday yurak xastaliklari mavjud bolalar mamlakatimizda ham talaygina. Ko‘pchilik ota-onalar ularni davolash uchun xorijga katta mablag‘lar evaziga olib borishga majbur bo‘lmoqda. Endi esa «EZGU NIYAT» klinikasida shveysariyalik mashhur kardiojarroh, professor Paul Fogt nafaqat kattalar, balki 2 yosh va undan yuqori bolalarda ham murakkab jarrohlik amaliyotlarini bajaradi. Bolalarda yurak jarrohligining birinchi bosqichi 2019 yilning 3−18 iyunga qadar bo‘lib o‘tsa, sentyabr oyidan muntazam ravishda bajarish to‘laqonli yo‘lga qo‘yiladi.


Katta yoshdagi bemorlarda jarrohlik amaliyotini bajaruvchi shifokor Ahmad Irmuhammedov joriy yilning iyun oyidan o‘z faoliyatini boshlaydi. U 19 yildan buyon Daniyaning Odense universitetiga qarashli klinikada murakkab yurak jarrohlik amaliyotlarini bajarib kelgan kardiojarroh hisoblanadi. Endi hamyurtimiz mamlakatimiz aholisiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun qaytmoqda. Aytish joizki, Ahmad Rustamovich Daniyadan mamlakatimizga murakkab jarrohlik amaliyotlarni bajarish uchun muntazam kelib turgan. Endilikda 2019 yil 3 iyun kunidan «EZGU NIYAT» klinikasida yurak xastaliklari mavjud bemorlarni doimiy ravishda qabul qilishni boshlaydi.


«EZGU NIYAT» klinikasida davolashning quyidagi turlari bajarilmoqda:

  • tug‘ma va orttirilgan yurak nuqsonlarini (poroklarni) bartaraf qilish;
  • aorta-koronar shuntlash;
  • yurakda plastik jarrohlik va protezlash;
  • aorta anevrizmasi;
  • angiografik tekshiruvlar;
  • yurak-qon tomirlarini stentlash kabi tashxislash va davolash muolajalari.


Ushbu klinika innovatsion loyihalarni amalga oshirgan holda Gollandiya, Germaniya, Finlyandiya davlatlari mashhur kompaniyalarining so‘nggi rusumli zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlangan. Bundan tashqari, klinikaning operatsiya xonalari antibakterial xususiyatga ega innovatsion modulli, turli infeksiyalardan himoyalanadigan SMS panellar (qattiq mineralli sirt panellari), havoni turli bakteriyalardan himoya qiladigan «A» klassdagi ventilyatsiya tizimi hamda kislorod ishlab chiqaradigan maxsus jihozlar bilan ta’minlangan.

Shuningdek, bu yerda jarrohlik amaliyotidan so‘ng, bemor ahvolini tiklash uchun zamonaviy reanimatsiya va reabilitatsiya bo‘limlari ham tashkil qilingan. Shu bilan birga bu yerda:

  • tor doiradagi mutaxassislardan iborat maslahat poliklinikasi;
  • zamonaviy laboratoriya va diagnostik tekshiruvlar;
  • fizioterapiya;
  • 24 soatlik shifokorlar nazoratidan iborat statsionar;
  • diyetolog maslahati asosida tayyorlanadigan taomlar;
  • alohida yuvinish xonalariga ega standart va lyuks palatalar;
  • bepul internet va boshqa bir qancha qulayliklarga ega bo‘lgan xizmatlar ko‘rsatiladi.

Aytish joizki, yevropalik mutaxassislarning «EZGU NIYAT» klinikasida faoliyat yuritayotganligi fuqarolarimizga xorijgachiqmayturib o‘zimizda ham malakali davo olish imkoniyatini beradi.

Murojaat uchun telefon: +99895 198 83 00, +99871 241 93 00

Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Olmazor ko‘chasi, 4 uy.

Mo‘ljal: «Paxtakor» metro bekati, Milliy Olimpiya qo‘mitasi binosining orqatomonida joylashgan.

Veb-sayt: ezguniyat.uz
Facebook: fb.com/ezguniyatmed
Instagram: @ezguniyat.uzb
Telegram: t.me/ezguniyatuz

Reklama huquqi asosida.