Davlat soliq qo‘mitasi Toshkent shahar soliq organlari xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazishni yakunladi. Bu haqda DSQ matbuot xizmati xabar beradi.

Attestatsiyada Toshkent shahar soliq xizmati organlaridan 1100 nafardan ortiq xodim ishtirok etdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, ulardan 43 foizi muvafaqqiyatli topshirgan, 32 foizi shartli ravishda o‘tkazilgan, 25 foizi esa attestatsiyadan o‘tmagan.

Avval xabar berganimizdek, yangi xodimlar ochiq tanlov orqali bo‘sh ish o‘rinlariga qabul qilinadi, deyiladi axborotda.