O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish, qasddan bankrotlikka olib kelish uchun jarima miqdori engkam oylik ishhaqining 150 baravaridan (30 mln 409 ming 500 so‘mdan) 250 baravarigacha (50 mln 682 ming 500 so‘mgacha) oshirildi.

Ilgari bu miqdor eng kam oylik ish haqining 100 baravaridan (20 mln 273 ming so‘mdan) 200 baravarigacha (40 mln 546 ming so‘mgacha) edi.

Mazkur jinoyatlar uchun endilikda muayyan huquqdan mahrum qilish (ya’ni tadbirkorlik bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilish) jazosi qo‘llanilmaydi.

Mazkur o‘zgartirishlar 3 oydan so‘ng kuchga kiradi.