Abdugafarov Ilxomjon Abduxalilovich O‘zbekiston Markaziy banki raisining o‘rinbosari etib tayinlandi. 27 may kuni prezident Shavkat Mirziyoyev bu haqdagi farmonni imzoladi, deya xabar qildi MB matbuot xizmati.

Tayinlovga qadar u Markaziy bankning to‘lov tizimlari va axborot texnologiyalari departamenti direktori lavozimida ishlab kelgan.

Ilhomjon Abdugafarov (1973 y. t.) — Toshkent Davlat universiteti (1995), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Kibernetika instituti aspiranturasini (2000) tamomlagan. Amaliy matematika mutaxassisligiga ega. Shuningdek texnika fanlar nomzodi hisoblanadi.

Avvalroq MB raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Timur Ishmetovning moliya vaziriga birinchi o‘rinbosar etib tayinlangani ma’lum bo‘lgan edi. Markaziy bank raisiga esa bunga qadar MB rahbari o‘rinbosari vazifasida faoliyat ko‘rsatgan Ilhom Norqulov birinchi o‘rinbosar bo‘ldi.