«O‘zbektelekom» kompaniyasi birinchi chorakda provayder va operatorlar uchun internet-kanallar tariflari 1 Mbit/s uchun 70128 so‘mgacha tushirdi, deya xabar qildi kompaniya tijoriy direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi Alisher Zufarov seshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda.

O‘tgan yilning dekabridan Xalqaro paket kommutatsiyalar markaziga ulangan operator va provayderlar uchun tariflar 1 Mbit/s uchun 85 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2017 yilda bu ko‘rsatkich 245 ming so‘m bo‘lgan.

Shuningdek, birinchi uch oy davomida shahar ichida portlar ijarasi 35 ming so‘mdan 10,5 ming so‘mga arzonlagan.

««Internet narxlari undan qancha foydalanishimizga bog‘liq. Ya’ni vaqt o‘tishi bilan undan qancha foydalanishadi, operator va provayderlar internetni bizdan qanchaga sotib oladiyu o‘z abonentlariga qancha arzon yoki qimmat narxlarda va tezlikda taqdim etadi. Bu narx operator va provayderlar uchun, turgan gapki, foydalanuvchilar uchun ham doimiy ravishda tushib boradi», — dedi Alisher Zufarov.