Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida 25 may kuni soat 01.00 larda noma’lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani Oqtosh mahallasidan o‘tuvchi «Yakkabog‘-Chiroqchi-Ko‘kdala-Sho‘rbozor» yo‘lining 16-km.da haydab ketayotib piyoda, Olako‘ylak qishlog‘ida yashagan 21 yoshli D.T.ni urib yuborib, voqea joyidan yashiringan. Natijada D.T. jarohat olib voqea joyida vafot etgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ushbu yo‘l-transport hodisasini sodir etgan noma’lum haydovchini aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan. Holat yuzasidan jinoyati ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, ushbu yo‘l-transport hodisasini sodir etgan haydovchi va uning boshqaruvidagi avtomashina haqida biron-bir ma’lumotga ega bo‘lsangiz, ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlariga yoki «102» telefon raqamiga xabar berishingizni so‘raymiz, deyiladi xabarda.