Yevropa kengashi rahbari Donald Tusk 29 maydan 2 iyunga qadar Markaziy Osiyo davlatlar bo‘ylab safari doirasida O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar qildi.

U Tojikistonda prezident Emomali Rahmon, Qozog‘istonda prezident Qosim-Jomart Tokayev va birinchi prezident Nursulton Nazarboyev, O‘zbekistonda prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi. Donald Tusk dasturida 30 may kuni Dushanbe, 31 may kuni Nur-Sultonga borib, shu kuni tashrifning qolgan qismini o‘tkazish uchun O‘zbekistonga kelish rejalashtirilgan.

Tashrif kun tartibidan mintaqaviy va ikki tomonlama hamkorlik, iqlim o‘zgarishi, atrof-muhitni muhofaza qilish, chegaralarni boshqarish va mintaqadagi xavfsizlik masalalari o‘rin olgan.