Bugun xalq deputatlari Paxtachi tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Bu haqda Zarnews.uz sayti xabar berdi.

Vohid Rahimov o‘z arizasiga ko‘ra, Paxtachi tumani hokimi vazifasidan ozod etildi. Shu vaqtgacha Davlat moliyaviy nazorat boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Hamdamov Muzaffar Yazdanqulovich Paxtachi tumani hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tasdiqlandi.